Dermatology-KF.uz
YangiliklarRespublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo hududiy filiali direktorining aholi va markaz xodimlariga MUROJAATI!

Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo hududiy filiali direktorining aholi va markaz xodimlariga MUROJAATI!

Hurmatli hamkasblar, aziz qashqadaryoliklar!

Mamlakatimiz miqyosida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. RIDvaKIATM Qashqadaryo filialida ham soha tizimini pok va shaffof qilishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

📌 Bu jarayonda jamoatchilikning faol ishtiroki beqiyos ahamiyatga ega. Fuqarolarimizning qo‘llab-quvvatlovi va hamkorligisiz sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli etib bo‘lmaydi. Shu bois barchani bu yo‘nalishda birlashishga, sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga chaqiraman.

🔎 Afsuski, ayrim muassasalarda uchrayotgan turli salbiy holatlar, jumladan ta’magirlik va manfaatlar to‘qnashuvi kabi illatlar xalqimizning tibbiyot tizimiga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi va olib borilayotgan islohotlarga putur yetkazadi.

🖥 Shu sababli, tibbiyot tizimini yanada ochiq va shaffof qilish maqsadida raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tumanda Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, bu esa jarayonlarning oshkoraligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔎 Shuningdek, tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilish jarayonlari endilikda ochiq va raqamli tartibda amalga oshirilmoqda.

✅ Ammo bu ishlar hali boshlang‘ich bosqichda, oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘p. Shu bois barchangizni jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga va korrupsiyaga qarshi kurashda birlashishga chaqiraman.

❗️ Hurmatli Yurtdoshlar! Qashqadaryoliklar 

📲 Agar RIDvaKIATM Qashqadaryo hududiy filialida korrupsiya yoki qonunga zid boshqa holatlarga duch kelsangiz, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining “1003” ishonch telefoni yoki qash_korr@ssv.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilishingizni so‘rayman.

‼️ Shuningdek, sohaga oid fikr va takliflaringiz ham biz uchun qadrli. Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi va amalda hal etilishiga ishonishingiz mumkin.

Yuldashev Ahror Abduraxmonovich

RIDvaKIATM Qashqadaryo hududiy filiali direktori 

Тел:+998903370946

Davolash ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

Qo’ziyev Mansurjon Maxmudovich

+998 90-951-04-02

75-221-60-24

Pochta: ahror07.uz@gmail.com

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialining rasmiy veb saytiga xush kelibsiz.

Ish vaqti

Du – Juma: 08:00 dan 18:00 gacha.
Shanba: 09:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba: Dam olish

Qarshi shahar, Islom Karimov ko’chasi 413-uy

Ulashish: