Dermatology-KF.uz
YangiliklarQashqadaryolik shifokor xalqaro tibbiy kongressda ishtirok etmoqda

Qashqadaryolik shifokor xalqaro tibbiy kongressda ishtirok etmoqda

28–30 may kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida 4-Xalqaro Transkavkaz dermatologiya va estetik tibbiyot kongressi — ITC2026 bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Respublika ixtisoslashtirilgan kosmetologiya va dermatovenerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori Ahror Yo‘ldoshev ham ishtirok etmoqda.

Kongress tibbiy va estetik dermatologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar, innovasion yondashuvlar va zamonaviy davolash usullarini muhokama qilish uchun xalqaro maydon vazifasini o‘tamoqda.

ITC2026 kongressi yuqori darajada tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy platforma hisoblanib, avvalgi 3 ta kongress Yevropa CME akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu yilgi kongress ham Yevropa akkreditatsiyasiga taqdim etilgan.

Shuningdek, 15dan ortiq davlatlaridan dunyoga mashhur ekspertlar qatnashmoqda.

Sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialining rasmiy veb saytiga xush kelibsiz.

Ish vaqti

Du – Juma: 08:00 dan 18:00 gacha.
Shanba: 09:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba: Dam olish

Qarshi shahar, Islom Karimov ko’chasi 413-uy

Ulashish: