Dermatology-KF.uz
YangiliklarDermatovenerologiya va kosmetologiya sohasida navbatdagi seminar va mahorat darslari bo’lib o’tdi

Dermatovenerologiya va kosmetologiya sohasida navbatdagi seminar va mahorat darslari bo’lib o’tdi

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi Qashqadaryo filialida hududda eng ko‘p uchraydigan kasalliklar – atopik dermatit, psoriaz, fotodermatoz, alopesiya – bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh dermatovenerologi, etkazchi ilmiy xodim, t.f.d., professor A.B. Raxmatov tomonidan seminar va mahorat darslari tashkil etildi.
❗️Seminarda «Psoriaz: etiopatogenez, zamonaviy tashxislash, davolash va sog‘lomlashtirish»,
«Alopesiya: kelib chiqish sabablari, klinikasi, diagnostika va davolash»,
«Atopik dermatit: patogenez, klassifikatsiya, klinika, diagnostika, davolash va sog‘lomlashtirish» mavzulariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Tadbirda amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv muhokamalar o‘tkazilib, hududdagi tibbiyot xodimlari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyati yaratildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialining rasmiy veb saytiga xush kelibsiz.

Ish vaqti

Du – Juma: 08:00 dan 18:00 gacha.
Shanba: 09:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba: Dam olish

Qarshi shahar, Islom Karimov ko’chasi 413-uy

Ulashish: