Biz haqimizda
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali 1969 yilda qurilgan.
Markazda 22 nafar oliy ma'lumotli shifokor va 94 nafar o'rta tibbiyot hodimlari faoliyat ko'rsatishadi. Markaz binosida "Tez yordam" mashinasi uchun joy mavjud. Hozirda markaz binosi 6.5 millard so'mlik qayta rekanstruksiya ishlari ketmoqda.
Malakali mutaxasislar sizning xizmatingizda
Sizning sog'ligingiz uchun eng malakali shifokorlar xizmatlari
Malakali mutaxasislar
Dermatologiya nima?
Dermatologiya - teri va uning qo'shimchalari - soch, tirnoq va shilliq pardalarning tuzilishi va faoliyatini, teri, uning qo'shimchalari va shilliq pardalari kasalliklarini, ularning oldini olish va davolash usullarini o'rganadigan tibbiyot sohasi.
Venerologiya nima?
Venerologiya - jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalarni yoki boshqa jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni o'rganadigan tibbiyot sohasi. Venerologiya - bu jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni davolash, davolash va oldini olish haqidagi fan.
Psoriaz qanday kasali?
Psoriaz (yunoncha: psoriasis — qichima), qipiqli temiratki — yuqmaydigan surunkali teri kasalligi. Mod-dalar almashinuvi (xususan, yogʻ va uglevod almashinuvi), nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, tonzillit, gaymorit, xoletsistit, adnek-sit va boshqa oqibatida kelib chiqishi, "suyak surishi" mumkin. Koʻpincha boshning sochli qismi, tizza, tirsak va qoʻl-oyoq yuzasida paydo boʻladi. Dastlab terida mayda, pushti yoki qizgʻish tugunchalar hosil boʻlib, ularning usti qipiqlanuvchi oqish, kumush rang poʻstloqb-n qoplanadi. Tugunchalar asta-sekin kattalashib, bir-biriga qoʻshilib ketadi. Kasallik zoʻrayganda P. toshmalari badanni butunlay egallab oladi (psoriatik eritrodermiya); bunda bemor oʻzini yomon his qiladi, isitmalaydi, limfa tugunlari kattalashadi.
Teri kasalliklari ichida eng keng tarqalgani va ularning ogʻir shakllari?
Teri kasalliklaridan psoriaz, yaʼni qipiqli temiratki, vitiligo, terining allergik xastaliklari, husnbuzar, poʻrsildoq yara kasalligi keng tarqalgan. Maʼlumki, teri butun inson tanasini qoplab turuvchi aʼzo boʻlib qolmay, balki barcha ichki aʼzolar bilan uzviy bogʻliq holda qator muhim vazifalarni bajaradi. Odamning sogʻligʻi, yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak trakti, endokrin tizimi bilan bir qatorda, terining funksiyasi va xususiyatiga ham bogʻliq.