Qashqadaryoda dermatovenerologik xizmat sifatini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar va tibbiy‑ko‘riklar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti tomonidan tasdiqlangan “Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy‑amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallari bilan tuman va shaharlarda 2025 yilda keng hamkorlik qilish yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash doirasida viloyatda amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari ijrosini nazorat qilish, zamonaviy protokollarni joriy etish va hududiy shifoxonalardagi xizmat sifatini yaxshilash maqsadida mutaxassislar guruhi Kitob tumanida, Shahrisabz shahridagi 2‑son teri‑tanosil shifoxonasida va viloyatdagi boshqa hududiy filiallarda tibbiy‑ko‘riklar hamda uslubiy o‘rganishlar o‘tkazdi. 32 nafar bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, har bir holat bo‘yicha individual tavsiyalar berildi.





