Dermatology-KF.uz
YangiliklarSSV ogohlantiradi: Soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘ling!

SSV ogohlantiradi: Soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘ling!

💉 Kosmetologiya tibbiy muolaja hisoblanadi va uni faqat lisenziyaga ega shifokor-kosmetolog amalga oshirishi mumkin.
⚠️ So‘nggi paytlarda lisenziyasiz va maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan o‘tkazilgan «kosmetologik» muolajalar sababli jiddiy asoratlar yuzaga kelmoqda.
📊 O‘zbekistonda faqat 147 ta nodavlat tibbiyot tashkiloti rasman kosmetologiya xizmatini ko‘rsatish huquqiga ega. Qolgan «go‘zallik markazlari» — ko‘pincha nazoratdan chetda.
📌 Eslatma:
🔺 Salomatligingiz xavf ostida bo‘lmasligi uchun
✅ Faqat lisenziyalangan tibbiyot muassasalariga murojaat qiling!
✅ Sertifikatlar emas, shifokor diplomini so‘rang!
‼️ Go‘zallik – muhim, ammo salomatlik undan ham ustun!

Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialining rasmiy veb saytiga xush kelibsiz.

Ish vaqti

Du – Juma: 08:00 dan 18:00 gacha.
Shanba: 09:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba: Dam olish

Qarshi shahar, Islom Karimov ko’chasi 413-uy

Ulashish: