MUTAXASSISLAR TAJRIBASI KONI FOYDA
Respublika Ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo xududiy filialiga Respublika Ixtisoslashgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy amaliy markazi mutaxassisi N. Boymurzaev va bir gurux xodimlar ishtirokida viloyatda ko’p uchrovchi kasalliklar sanalgan vitiligo (oq dog’), alopesiya (soch to’kilishi), psoriaz va tug’ma teri kasalligi hisoblangan Bulleoz epidermoliz bemorlarning tibbiy ko’rigi tashki etildi. Ko’rik davomida 40 nafarga yaqin bemorlar ko’rikdan o’tkazildi. Aksariyat bemorlarda soch to’kilishi va oq dog’dan shikoyatlar ko’pligi aniqlandi. Oq dog’larni davolash uchun filialga Eksemir apparati olib kelingan bo’lib, kasallikni davolashda yuqori samara ko’rsatmoqda. Markaz mutaxassisi tomonidan oq dog’larni davolashda melonotsit xujayralarni ko’chirib o’tkazish yuqori texnologik amaliyotini yo’lga qo’yish tavsiyasi berildi. Shu kunning o’zida statsionar sharoitda davoga muhtoj bemorlar shifoxonaga yotqizildi.
Hozirgi kunda filial moddiy texnik bazasi tubdan o’zgardi. 2023 yilga rejalashtirilgan 8 turdagi davolash usullarining 6 tasi 3 chorak davomida amalga oshirilgan. Moddiy texnika bazani rivojlanti – rish maqsadida mahalliy budjet mablag’lari hisobiga Avtomat Biokimyoviy apparati, IFA, Bioptron polixromatik nur, Lazer nuri bilan vena qon tomirida yallig’lanishni bartaraf etuvchi apparat, yaxshi sifatli teri hosilalarini olib tashlovchi SO2 Lazer apparati, Magneto 3 tasi bir Kosmetologik kombayni, Plazmaferez apparati, azon bilan davolovchi azonator apparati filialga olib kelindi va davolash sifatida yo’lga qo’yildi.
Bundan tashqari ko’rik jarayonida imkoniyati cheklangan bemorlarning uylariga borib ko’rilib, kerakli tavsiyalar berildi. Alopesiya (soch to’kilishi) bilan og’rigan bemorlarga soch ko’chirib o’tkazish amaliyotini filial o’zida tashkil etish maqsadida moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun kerakli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Kelgusi yilda ushbu amaliyotni davolash usuli sifatida yo’lga qo’yish belgilab olindi. Filialda hozirgi kunda 6 ta bo’lim mavjud edi, ularning soni 1 taga ko’paytirildi ya’ni dermatokosmetologiya bo’limi ochilganligi Kosmetologik nuqsonlarni bartaraf etish uchun yangi imkoniyat hisoblanadi.
Ilhom BOZOROV, Dispanser bo’limi boshlig’i, oliy toifali shifokor
